Manba: “Katta Langar Qurʼoni” sahifalari Parijdan Toshkentga yetib keldi

Xabaringiz bor, oʻtgan 2022 yilning 24 noyabridan 2023 yil 6 martiga qadar Vazirlar Mahkamasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining masʼulligida Fransiyaning Luvr muzeyida “Oʻzbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” nomli koʻrgazma oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi fondida saqlanayotgan “Katta Langar Qurʼoni”ning ikki sahifasi ham namoyish qilindi.
“Katta Langar Qurʼoni” sahifalari Fransiyadan Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yil 23 mart kuni yetib keldi. Bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgach, sahifalar joylashtirilgan quti ichki ishlar xodimlari hamrohligi va kuzatuvida Diniy idora kutubxonasiga yetkazildi.
Sahifalarni qabul qilish jarayonida ularning asl nusxaligi va yaxshi saqlangan holatda yetib kelgani maʼlum boʻldi va doimiy saqlov xonasiga joylashtirildi.