platina.uz
Jamiyat

Andijonda hokim oʻrinbosari 5,3 mln soʻm pora bilan ushlandi

U Izboskan tumani hokimining investitsiya sanoat va savdo yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan.
Andijonda hokim oʻrinbosari 5,3 mln soʻm pora bilan ushlandi

Andijonda Izboskan tuman hokimi oʻrinbosari A.K. jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura xabar berishicha, Izboskan tumani hokimining investitsiya sanoat va savdo yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosari himoya hududidagi yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berishni evaziga 5,3 mln soʻm olgan vaqtida ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid