“103”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq kelib tushadigan viloyatlar eʼlon qilindi

Joriy yilning birinchi choragida “103” xizmatiga jami 893 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan. Shundan eng koʻp koʻrsatkich Toshkent viloyatida qayd etildi — 189 ta.
Maʼlum qilinishicha, keyingi oʻrindan 154 ta chaqiriq bilan Fargʻona viloyati joy oldi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 114 ta, Toshkent shahridan 96 ta hamda Navoiy viloyatidan 84 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolgʻon chaqiriq esa oʻtgan uch oyda Samarqand viloyatida roʻyxatga olindi — 2 ta.
"Baʼzan “103”ga qoʻngʻiroq qilib, bemorni boshqa mashinada kasalxonaga olib ketish holatlari 🥹uchraydi", — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali direktori Ilhom Aslanov. — Bundan tashqari, chaqiruv manzilini notoʻgʻri berish, ustiga-ustak, “Tez yordam” yetib borganida, eshikni ochmaslik, telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermaslik kabi noxush vaziyatlar ham takrorlanib turadi.