Eng koʻp milliarder yashaydigan shahar nomi maʼlum boʻldi

Unga koʻra, eng boy milliarderlar soni boʻyicha birinchi oʻrinni Nyu-York (101 milliarder, umumiy boyligi 616,8 milliard dollar) egalladi. Ikkinchi oʻrindan Gonkong (70 milliarder, umumiy boyligi 286,8 milliard dollar), uchinchi oʻrindan Pekin (68 milliarder) joy egalladi.
4-oʻrindan Shanxay oʻrin oldi. U yerda 65 milliarder bor, ularning umumiy boyligi 181,9 milliard dollarga yetadi. 63 milliarder bilan London kuchli beshlikni yakunlab bergan. Londonda istiqomat qiladigan milliarderlarning umumiy boyligi 294,9 milliard dollarga teng.
Ukraina urushi va Gʻarb sanksiyalariga qaramay, Rossiya poytaxti Moskva milliarderlar soni boʻyicha yettinchi oʻrindan oltinchi oʻringa koʻtarildi.
Maʼlum qilinishicha, moskvalik milliarderlarning umumiy boyligini 307 milliard dollarga baholagan. Bu esa 2022 yilga nisbatan 92 milliard dollarga koʻpdir.