Toshkentda ona-bola is gazidan zaharlanib vafot etdimi?

7 aprel kuni soat 21.15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik oʻgʻli vafot etganligi aniqlangan.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, marhumlarning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.