platina.uz
Jamiyat

“Tashabbusli byudjet”ning gʻolib loyihalari eʼlon qilindi

2023 yil 1-mavsumida mamlakatimiz boʻylab "Open Budget" portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 mlndan ortiq ovoz berildi.
“Tashabbusli byudjet”ning gʻolib loyihalari eʼlon qilindi

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumi yakunlandi. Unda Oʻzbekiston boʻylab “Open Budjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 1666 ta loyiha gʻolib deb topildi.

"Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, "Tashabbusli byudjet" loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol boʻlishingizni soʻrab qolamiz", deyiladi xabarda.

Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid