platina.uz
Jamiyat

Samarqandda 19 yoshli kelin oʻzini osib qoʻydi

Bosh prokuratura ushbu voqea boʻyicha maʼlumot berdi.
Samarqandda 19 yoshli kelin oʻzini osib qoʻydi

Maʼlum qilinishicha, Urgut tumanida 19 yoshli kelinning fotosurati "Telegram" tarmogʻidagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli oʻzini oʻzi osib qoʻygan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijasiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish hakida qaror qabul qilingan.

Mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida oʻrganilib, bekor qilindi va qoʻshimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazish xakida koʻrsatma berildi.

"Qoʻshimcha tekshirish natijalari boʻyicha qabul qilingan qonuniy qaror haqida keng jamoatchilikka eʼlon qilinadi", demoqda Bosh prokuratura.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid