FIFAning yangilangan reytingi eʼlon qilindi

FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Qatardagi mundialda chempionlikni qoʻlga kiritgan Argentina reytingda birinchi oʻringa koʻtarildi. Aytish kerakki, Argentina termasi 2017 yildan buyon ilk bor birinchi oʻrindan joy oldi.
Ikkinchi oʻrinni esa Fransiya egallagan boʻlsa, uchlikni Braziliya yakunlab berdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi esa avvalgi oʻrnidan 3 pogʻonaga yuqorilab, 74-oʻrindan joy oldi. Avvalroq Srechko Katanets jamoasi 77-oʻrinda borayotgan edi. Oʻzbekiston mart oyida Boliviya va Venesuela termalariga qarshi oʻynagan va bi gʻalaba hamda bir durang qayd etgandi.
FIFA reytingi:
1. Argentina — 1840;
2. Fransiya — 1838;
3. Braziliya — 1834;
4. Belgiya — 1792;
5. Angliya — 1792;
6. Niderlandiya — 1731;
7. Xorvatiya — 1730;
8. Italiya — 1713;
9. Portugaliya — 1707;
10. Ispaniya — 1682.
20. Yaponiya — 1588;
24. Eron — 1553;
27. Janubiy Koreya — 1536;
29. Avstraliya — 1532;
54. Saudiya Arabistoni — 1421;
61. Qatar — 1388;
67. Iroq — 1347;
72. BAA — 1336;
74. Oʻzbekiston — 1318.