Xorazmda yana bir voyaga yetmagan qiz guruh boʻlib zoʻrlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda voyaga yetmagan qizning zoʻrlanishi bilan bogʻliq yana bir xabar tarqaldi.
Ombudsman matbuot kotibi Fotima Madrahiimovaning maʼlum qilishicha, Xorazmda voyaga yetmagan qizni guruh boʻlib zoʻrlanishi boʻyicha Bolalar Ombudsmaniga murojaat kelib tushgan va mazkur masala nazoratga olingan.
"Kuni kecha Bolalar Ombudsmani ushbu murojaatni joyiga chiqib oʻrgandi va tegishli maʼlumotlarni oldi. Bolalar Ombudsmani oʻrganish natijalari boʻyicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborgan.
Holat yakunlari boʻyicha jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Bolalar Ombudsmani yana bir bor bolalarga nisbatan qoʻllanadigan jinsiy jinoyatlarga ogʻir jazo turlarini qoʻllash kerak degan pozitsiyada qatʼiy turishini maʼlum qiladi", - deya xabar bergan Fotima Madrahimova.




