“Xorazm ishi”da ayblangan mansabdorlarning jinoyat ishiga oid Oliy sud qarori ochiqlandi

Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborish toʻgʻrisidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangitdan appellyatsiya instansiya sudida koʻrish uchun yuborilishi belgilandi.