platina.uz
Jamiyat

Toshkent yangi hokimi poytaxtni rivojlantirishga 200 mln dollar ajratyapti

Bugungi hisob-kitoblarga koʻra 2,2 trillion soʻmga toʻgʻri keladigan bu pullar oʻtgan yili yozda Ortiqxoʻjayev ajratgan pullar miqdoridan ancha koʻp.
Toshkent yangi hokimi poytaxtni rivojlantirishga 200 mln dollar ajratyapti

Toshkentning yangi hokimi Shavkat Umrzoqov davlat byudjetidan poytaxtni rivojlantirish uchun salkam 200 million dollar pul ajratishga qaror qilgan.

2,2 trillion soʻm miqdoridagi bu pullar oʻtgan yili yozda Ortiqxoʻjayev ajratgan pullar miqdoridan ancha koʻp.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tasdiqlagan qarorga koʻra, shahar mahalliy byudjetining 2023 yil davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan:

  • Toshkent shahar terma jamoalarining Oʻzbekiston chempionati va kuboklari hamda xalqaro musobaqalariga xizmat safari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etish xarajatlari uchun 10 milliard soʻm;
  • Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasiga qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal taʼmirlash uchun 15 milliard soʻm;
  • Shahar markaziy koʻchalaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga yoʻllarni taʼmirlash ishlarida zarur boʻlgan maxsus texnika va mexanizmlar xarid qilish uchun 7,4 milliard soʻm;
  • markaziy koʻchalarga va jamoat transporti toʻxtash bekatlariga qoʻshimcha chiqindi tashlash qutilari (urna) oʻrnatish uchun Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Markaziy avariya dispetcherlik xizmatiga 3 milliard soʻm;
  • 2023 yilning I va II choraklarida 7 ta markaziy koʻchani joriy taʼmirlash uchun 30 milliard soʻm, asfaltbeton, temirbeton, beton, bruschatka va yoʻl bitumi mahsulotlarini xarid qilish uchun 10 milliard soʻm, jami 40 milliard soʻm;
  • Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalariga daraxt va buta hamda gul koʻchatlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarga jami 15 milliard soʻm;
  • Nukus shahridagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlariga 20,1 milliard soʻm;
  • tasdiqlangan obʼektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha obʼektlarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishga 88,8 milliard soʻm;
  • Olmazor tumanida “Yoshlar uyi”, “Sport-sogʻlomlashtirish markazlari” va “Yopiq suzish havzasini” qurish boʻyicha obʼektlarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishga 21,6 milliard soʻm;
  • Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Kaykovus” kanalining Nurafshon aylanma koʻchasi yon qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish boʻyicha obʼektda qurilish-montaj ishlarini boshlash va tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish uchun jami 3,3 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid