platina.uz
Jamiyat

"Mittivine" Farhod Mannopovning vafotiga oid yangi tafsilotlar ochiqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligi Farhod Mannopovning plastik jarrohlik amaliyotida qatnashgan anestiziolog va reanimatolog shifokorning malakaviy toifasini tasdiqlovchi amaldagi hujjat taqdim etilmagani, jarroh shifokor ham yetarli tajribaga ega emasligini maʼlum qildi.
"Mittivine" Farhod Mannopovning vafotiga oid yangi tafsilotlar ochiqlandi

Joriy yilning 5 mart kuni vafot etgan "Mittivine" taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov operatsiya qilingan klinikadagi shifokorda malakaviy toifa boʻlmagan. Bu haqda SSV blogerning oʻlimi yuzasidan «Star Med Center» klinikasida oʻtkazilgan tekshiruv natijalarida maʼlum qilmoqda.

Tekshirishda aniqlanishicha, bemor F.Mannopovga tibbiy xizmat koʻrsatishda bir qator litsenziya talab va shartlari buzilgan.

Xususan, Farhod Mannopov operatsiya qilingan "Star Med Center" klinikasida bemorga anestiziolog va reanimatolog sifatida xizmat koʻrsatgan shifokor J.Q.da malakaviy toifa boʻlmagan.

Anestiziolog va reanimatolog shifokorning malakaviy toifasini tasdiqlovchi amaldagi hujjat taqdim etilmagan.

Vazirlikka koʻra esa tibbiy faoliyat litsenziyasi talab va shartlariga vrach-mutaxassislarda tegishli tibbiy mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot va malakaviy toifa hamda malaka oshirish boʻyicha amaldagi sertifikat mavjud boʻlishi shart.

Bundan tashqari, Farhod Mannopovning plastik jarroh shifokori ham yetarli tajribaga ega emas boʻlib chiqdi.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, plastik jarroh shifokori E.A. Andijon davlat meditsina institutining davolash ishi, umumiy amaliyot shifokori yoʻnalishini 2019 yil 17 iyunda tugatgan.

"U bemor Mannopovga tibbiy xizmat koʻrsatishi uchun kamida birinchi malakaviy toifaga ega boʻlishi kerak boʻlgan.

Lekin "Omad plyus" MChJ tomonidan plastik jarroh shifokori E.A.da malakaviy toifasi boʻlmagan bir vaziyatda bemorga tibbiy xizmat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilgan", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, bosh va burun sohasidan jiddiy jarohat olgan blogerga tibbiy xizmat koʻrsatgan laborant shifokor J.Sh. hamda ultratovush tekshiruvlari shifokori R.S.ning oʻzlari faoliyat yuritayotgan tibbiy ixtisosliklar boʻyicha malakaviy toifalarini tasdiqlovchi amaldagi hujjatlar tekshiruvda taqdim etilmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid