Saida Mirziyoyeva talaba qizlarning huquqlariga eʼtibor qaratdi

Tarmoqlarda Qoʻqon pedagogika institutida qizlarning yotoqxonasiga yashirin kamera oʻrnatilgani haqida xabarlar muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Ayni paytda muhokamalar markazida boʻlib turgan masalaga Prezident administratsiyasi shoʻʼba mudiri Saida Mirziyoyeva eʼtibor qaratdi. Mirziyoyeva Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan mazkur masalani muhokama qildi.
"Jumladan, Qoʻqon pedagogika institutida sodir boʻlgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olish choralarini muhokama qildik.
Taʼlim tizimi har qanday zoʻravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak boʻlgan asosiy platformalardan biridir", - deb munosabat bildirdi Mirziyoyeva.