platina.uz
Jamiyat

Qoʻqon davlat pedagogika institutining prorektori va yana 4 nafar xodim ishdan olindi

Qoʻqon davlat pedagogika institutining yotoqxonasida talaba qizlar yashaydigan xonaga yashirin videokamera oʻrnatilgani ortidan institutining prorektori va yana 4 nafar masʼul xodim ishdan olindi. Vazirlik voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlariga kafolat berdi.
Qoʻqon davlat pedagogika institutining prorektori va yana 4 nafar xodim ishdan olindi

Qoʻqon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga koʻra holat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

Vazirlik inson shaxsiy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yoʻq, deb hisoblaydi.

Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi.

"Oʻz navbatida, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Saida Mirziyoyeva Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri bilan Qoʻqon pedagogika institutida sodir boʻlgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olish choralarini muhokama qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid