Qashqadaryoda ham Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi zoʻrlanganmi?

Maʼlum boʻlishicha, Jinoyat Kodeksining 129-moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismi va 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilayotgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan K. T. (1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudida 7 aprel kuni boshlanadi.
Jinoyat-protsessual Kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida koʻrib chiqilishi maʼlum qilinadi.
"Qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi", — deyiladi xabarda.




