platina.uz
Jamiyat

Prezident: “Ipoteka krediti va subsidiya bilan koʻproq aholi qamrab olinadi”

1 maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli boʻlmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi.
Prezident: “Ipoteka krediti va subsidiya bilan koʻproq aholi qamrab olinadi”

Davlatimiz rahbari ayni paytda boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda qurilish hajmlarini oʻz vaqtida taʼminlash har bir viloyat iqtisodiy koʻrsatkichlarining oʻsishiga katta turtki berishini taʼkidladi. Shu bois, aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratiladi.

Jumladan, ipoteka krediti va subsidiya bilan koʻproq aholi qamrab olinadi:

  • 1 maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli boʻlmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi. Bunda ularning toʻlov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga toʻlangan pullari ham hisobga olinadi;
  • dastlabki badalni koʻproq toʻlagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • subsidiyaga ajratilgan mablagʻlarni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi. Yaʼni, bu muddat qisqartirilishi orqali subsidiyadan koʻproq aholi foydalanishi uchun imkoniyat yaratilayapti.

Shu bilan birga, 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolarga subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilish huquqi beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid