platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston oltin zaxirasi fevralda 8,1 tonnaga oshdi

2023 yilning fevral oyida Xitoy va Turkiya markaziy banklari oltin xarid qilish boʻyicha yetakchi boʻlgan.
Oʻzbekiston oltin zaxirasi fevralda 8,1 tonnaga oshdi

Oʻzbekiston fevralda eng koʻp oltin sotib olgan davlatlardan biri boʻldi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashi xabar berdi.

Manbaga koʻra, 2023 yilning fevral oyida jahon markaziy banklari 52 tonna oltin sotib olgan. Eng yirik xaridlarni Xitoy va Turkiya amalga oshirgan — mos ravishda 24,9 tonna va 22,5 tonna.

Fevral oyida eng koʻp oltin sotgan mamlakat Qozogʻiston boʻldi — 13,1 tonna.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston esa 8,1 tonna oltin sotib olgan. Shuningdek, Singapur (7 tonna) va Hindiston (3 tonna) markaziy banklari ham qimmatbaho metall xaridini amalga oshirgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid