platina.uz
Jamiyat

Mart oyida 76,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydanilgan

Tezkor tadbirlarda 559 ta holatda qonun buzilishi qayd etilgan.
Mart oyida 76,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydanilgan

2023 yil mart oyida 559 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 79 mln kub metr (76,3 mlrd soʻm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Mazkur holat Energetika vazirligi huzuridagi "Oʻzenergoinspeksiya" va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda gaz taʼminoti korxonalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida fosh qilindi.

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan:

  • Buxoro viloyatida 24,3 mln kub metrni (24,2 mlrd soʻm),
  • Fargʻona viloyatida 19,3 mln kub metrni (19,3 mlrda soʻm),
  • Jizzax viloyatida 9,9 mln kub metrni (10 mlrd soʻm),
  • Samarqand viloyatida 10,1 mln kub metrni (8,5 mlrd soʻm),
  • Toshkent shahrida 7,1 mln kub metrni (7,1 mlrd soʻm) tashkil etgan.

Noqonuniy foydalanish holatlari isteʼmolchilar toifasi boʻyicha:

  • AGTKShlarda 22 ta holatda (41,7 mlrd soʻm),
  • issiqxonalarda 17 ta holatda (1,1 mlrd soʻm),
  • boshqa ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 90 ta holatda (24,9 mlrd soʻm),
  • umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 54 ta (1 mlrd soʻm) holatlar aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid