platina.uz
Jamiyat

Bosh prokuratura anonim shaxslar murojaatidan ogohlantirmoqda

Anonim shaxslar prokuratura organlari xodimlari hamda prokuratura tizimini obroʻsizlantirish va qoralashga qaratilgan feyk xabarlarni yoritishga urinishayotgani maʼlum boʻldi.
Bosh prokuratura anonim shaxslar murojaatidan ogohlantirmoqda

Soʻnggi kunlarda yirik internet nashrlari va blogerlarga mavhum sahifa (profil) lardan anonim shaxslar murojaat qilib, ular orqali prokuratura organlari xodimlari hamda prokuratura tizimini obroʻsizlantirish va qoralashga qaratilgan feyk xabarlarni yoritish boʻyicha urinishlar kuzatilmoqda.

Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston qonunchiligida yolgʻon va notoʻgʻri axborotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shu bilan birga, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida anonim murojaatlar koʻrib chiqilmasligi qatʼiyan qayd etilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid