platina.uz
Jamiyat

"Ayiq bilan bogʻliq vaziyatda hech kimga zarar yetmagan" — Tabiat resurslari vazirligi

Bugun Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida aholi yashash joyida ayiq yurgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tabiat resurslari vazirligi esa ushbu holatni oʻrganayotgandi.
"Ayiq bilan bogʻliq vaziyatda hech kimga zarar yetmagan" — Tabiat resurslari vazirligi

Ayni paytda taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra Qashqadaryo viloyati Isrofchi tumani Yashnobod mahallasi hududiga Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qoʻngʻir ayiq tushib kelgan.

Hozirda ayiq tumanning Yashnabod MFY Beshchashma hududidan oqib oʻtuvchi Qumdaryo daryosiga yaqin hududdagi jarlikda hosil boʻlgan gʻor ichiga kirib olgan.

Ushbu hudud Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman hokimligi mutasaddilari, tuman ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari xodimlari tomonidan muhofazaga olinib, aholi va qoʻngʻir ayiqning xavfsizligi taʼminlangan.

Mazkur hududga vaziyatni bartaraf etish maqsadida Toshkent hayvonot bogʻi mutaxassislaridan iborat guruh jalb qilingan.

"Ayiq bilan bogʻliq vaziyatda hech kimga zarar yetmagan. Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi" deya xabar qilgan vazirlik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid