platina.uz
Jamiyat

Aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash uchun qurilish tannarxi pasaytiriladi

Prezident aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash uchun qurilish tannarxi pasaytirilishiga qanday erishish yoʻllarini aytdi.
Aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash uchun qurilish tannarxi pasaytiriladi

Davlatimiz rahbari ayni paytda boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish zarurligi alohida taʼkidladi.

Shu maqsadda:

  • 2025 yilga qadar yogʻoch, fanera, yogʻochli opalubka va oynani import qilishda bojxona bojini bekor qilish;
  • yuqori markali sement boʻyicha bojxona boji imtiyozini yana 1 yilga uzaytirish (buning hisobiga uy-joy qurish tannarxi 5 foizgacha pasayadi);
  • pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uyni qavatma-qavat garovga qoʻyish va har bir qavati uchun kredit olish huquqini berish;
  • banklar beradigan kreditlarni davlat tomonidan qayta moliyalash amaliyotini davom ettirish;
  • quruvchilarga kafillik va kompensatsiya toʻlash tartibini takomillashtirish;
  • aholiga oʻz uyini energiya tejamkor materiallardan foydalanib taʼmirlashiga 10 yilga 16,5 foizdan 80 million soʻmgacha kredit berishga qaror qilindi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid