platina.uz
Jamiyat

2023 yilda 31 ming oilaga uy-joy ipotekasi uchun 9 trillion soʻm ajratiladi

10 ming aholi esa oʻzining hovlisini kengaytirish yoki qoʻshimcha qurilish qilish uchun 1,5 trillion soʻm kredit olish imkoniyatiga ega boʻladi.
2023 yilda 31 ming oilaga uy-joy ipotekasi uchun 9 trillion soʻm ajratiladi

Bu haqda Prezident ayni paytda boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qildi.

Bundan tashqari 2023 yilda:

  • dastlabki badal uchun va foizlarni qoplashga 1,6 trillion soʻm subsidiya ajratish;
  • ipoteka kreditiga resurs berish va qurilish korxonalarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish uchun 100 million dollar va 1 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratish;
  • yana 20 ming oilaga banklar hisobidan 5,7 trillion soʻm ipoteka krediti ajratilishini taʼminlash;
  • Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi orqali aholiga 5,5 mingta xonadon sotib olishlari uchun qoʻshimcha 1,7 trillion soʻm kredit resurslari yoʻnaltirish topshirildi.

Tijorat banklari balansida ipotekadan qaytishi kerak boʻlgan mablagʻlarni aktiv sifatida ishlatib, ipoteka obligatsiyasini chiqarish orqali qoʻshimcha 10 trillion soʻm resurs jalb qilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga ikki oy muddatda “Ipoteka obligatsiyasi toʻgʻrisida” qonun loyihasini kiritishga koʻrsatma berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid