platina.uz
Jamiyat

Turkiyada oʻldirilgan oʻzbekistonlik marhumaning jasadi yurtimizga olib kelindi

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumot berdi.
Turkiyada oʻldirilgan oʻzbekistonlik marhumaning jasadi yurtimizga olib kelindi

Joriy yilning 24 mart kuni Oʻzbekiston fuqarosi - 40 yoshli Tulyaganova Umida Istanbul viloyati Baxchelievler tumanida birgalikda yashab kelgan Turkiya fuqarosi - 61 yoshli Riza Beler tomonidan yashash xonadonida shavqatsizlarcha oʻldirilganligi haqida Turkiya OAVda maʼlumot berilgan edi.

Aniqlanishicha marxum U.Tulyaganova R.Beler bilan taxminan 3 yildan buyon birga yashab kelgan boʻlib, oʻrtalarida uzoq vaqtdan beri davom etib kelgan kelishmovchilik tufayli R.Beler uni qasddan oʻldirishni oldindan rejalashtirgan.

Holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha hibsga olingan R.Beler oʻz aybiga iqror boʻlgan.

29 mart kuni marxumning jasadini Oʻzbekistonga yuborish va yaqinlariga topshirishda Bosh konsulxona tomonidan yaqindan amaliy yordam koʻrsatildi.

Bosh konsulxona R.Belerga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlanishini alohida kuzatib bormoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid