Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga elektrokar sovgʻa qilmoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon 3 aprel kuni mamlakatda ishlab chiqarilgan Togg T10X elektromobilining birinchi egasi boʻldi. Bu haqda YeHA Media xabar berdi.
Anqaradagi Prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdoʻgʻon ham ishtirok etdi.
Turkiya yetakchisi ushbu avtomobil Ozarbayjon prezidentiga yuborilganini va Oʻzbekiston rahbariga ham sovgʻa qilinishini maʼlum qilgan.
Uning aytishicha, ayni kunlarda uchrashuv vaqti kelishilmoqda.
