platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi “qiyshiq dom”ga oydinlik kiritildi

Bu bino konstruktiv elementlari va seysmik bardoshliligi ochiqlandi.
Toshkentdagi “qiyshiq dom”ga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Islom Karimov va Bunyodkor koʻchalari kesishuvida joylashgan qurilish obʼektining tepa qismi qiyshiq qurilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holatga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Unga koʻra, ushbu obʼekt zamonaviy arxitektura namunasi sifatida oʻziga xos dizayn asosida loyihalashtirilgan boʻlib, bu bino konstruktiv elementlarida kamchiliklar borligini anglatmaydi. Obʼektni qurilish ishlari belgilangan talab va meʼyorlar asosida amalga oshirilmoqda.

Xususan, tasdiqlangan loyiha hujjatlarining KJ (temir-beton konstruksiyalar) boʻlimining yechimlariga asosan 23-qavatdan 26-qavatgacha K-4 va K-5 quyma temir-beton ustunlar egilgan holda loyihalashtirilgan hamda bu qurilish meʼyorlari va qoidalariga asosan bajarilgan.

Shuningdek, ishchi loyiha hujjatlari mahalliy MChJ tomonidan ishlab chiqilganidan soʻng “Zilzilabardosh qurilishning ilmiy-tadqiqot va loyiha markazi antiseysmik” MChJ tomonidan ushbu hudud seysmikasiga yondashgan holda tekshirilgan va 2021 yil 16 martda bu borada ham ijobiy xulosa olingan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid