Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan oʻzini 9-qavatdan tashlab halok boʻldi

Bosh prokuraturaning platina.uz’ga maʼlum qilishicha, 27 yoshli A.D farzandlari, 2018 yilda tugʻilgan S.Y, 2019 yilda tugʻilgan S.A va 2022 yilda tugʻilgan S.R.ni qasddan oʻldirish maqsadida, ularni yotoqxona derazasi oldiga olib borgan. Avval 5 yoshli farzandi S.Y hamda 4 yoshli S.A.ni 9-kavatdan birin-ketin derazadan tashlab yuborib, soʻng kichik farzandi S.R.ni olib, oʻzi bilan birga sakrab, oʻz joniga kasd qilgan.
Ayol va farzandlari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
