Samarqandda 3 yoshli bola ariqqa tushib ketib vafot etdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida ariq chetidan murdasi topilgan 3 yashar bolaning oʻlimiga suvda oqib ketgani sabab boʻlgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 3 aprel kuni 2020 yilda tugʻilgan bola uy oldidan oʻtuvchi ariqqa ehtiyotsizlik qilib tushib ketgan. U maʼlum bir masofagacha oqib borgan va mahalliy fuqarolar tomonidan suvdan chiqarib olingan. Tez-tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay, bola vafot etgan.
Voqea joyida oʻrganish ishlari olib borilganda, guvohlarning koʻrsatmalariga asosan ushbu ariqda 20-30 santimetr balandlikda suv oqib oʻtgani aniqlangan.
“Bu kuchli suv oqimi emas, faqatgina yosh bolani oqizib ketish kuchida boʻlgan”, deydi FVB xodimi.
