platina.uz
Jamiyat

“Xorazm ishi” boʻyicha protest 6 aprel kuni yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi

Oliy sud Bosh prokuratura kiritgan protest doirasida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan jinoyat ishiga oid sud majlisi yopiq tarzda oʻtishini maʼlum qildi.
“Xorazm ishi” boʻyicha protest 6 aprel kuni yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi

Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimini A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborish toʻgʻrisidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti kelib tushdi.

Ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida kassatsiya tartibida joriy yilning 6 aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqilishi maʼlum qilinadi.

"Qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi", - deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid