platina.uz
Jamiyat

"Suv hisobi" axborot tizimi yaratiladi

Bu borada Prezident qarori qabul qilindi.
"Suv hisobi" axborot tizimi yaratiladi

“Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023 yil 1 apreldan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilanadi:

  • tijorat banklari kreditlarining garov taʼminoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kafilligi asosida taʼminlanadi;
  • tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

2024 yil 1 martgacha Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda toʻldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi.

2025 yil 1 yanvardan quyidagi tartib joriy etiladi:

  • respublikaning barcha hududlarida “Suv hisobi” AT joriy qilinadi;
  • qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorishda ishlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblashda “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi.

2023 yil avgustgacha 2022 yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablagʻlarining 50 foizini olgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratiladi.

2023 yil 1 maygacha suv resurslaridan samarasiz foydalanish va suv xoʻjaligi obʼektlarining gidrotexnik inshootlaridan noqonuniy foydalanish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid