Dorixonalardan yana bir preparati muomaladan qaytarib olinmoqda

Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» (flakonlarda) dori preparatining «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan. Bu haqda Ispaniyaning «Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi» (AEMPS) qarorida koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» yuqoridagi maʼlumotga asosan, mamlakat hududiga kirib kelgan quyidagi: R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225 seriyalari farmatsevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganini maʼlum qiladi.