platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 4 ta gaz "zapravka" 7 mlrd soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilgani aniqlandi

Poytaxtda 4 ta metan quyish shoxobchasi tomonidan jami 7,1 milliard soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.
Toshkentda 4 ta gaz "zapravka" 7 mlrd soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilgani aniqlandi

Toshkent shahridagi 4 ta AGTKSh tomonidan 7,1 mlrd soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 13-29 mart kunlari «Oʻzenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik subʼektlariga qarashli 4 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd soʻmni tashkil etgan. Jumladan:

  • Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 2,372 mlrd soʻmlik;
  • Sergeli tumanida joylashgan AGTKShda 1,728 mlrd soʻmlik;
  • Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan AGTKShda 1,607 mlrd soʻmlik;
  • Uchtepa tumanida joylashgan AGTKShda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,392 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid