Buxoroda 3,3 balli zilzila sodir boʻldi

Buxoro viloyati Jondor tumanida 2 aprel kuni 3,3 balli zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 23:05 da zilzila sodir boʻlgan. Epimarkaz: Buxoro viloyati, Jondor tumani.
Zilzila koordinatalari: 40,34 gradus shimoliy kenglik; 63,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 518 kilometr janubiy-gʻarbda.