platina.uz
Sport

Bokschilarimiz xalqaro musobaqada 2 ta oltin medaliga sazovor boʻldi

Ozarbayjonda boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Unda sportchilarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallari qoʻlga kiritildi.
Bokschilarimiz xalqaro musobaqada 2 ta oltin medaliga sazovor boʻldi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida "Heydar Aliyev-2023" xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada 10 ga yaqin mamlakat bokschilari ishtirok etishdi. Musobaqa yakunga koʻra, turnirda 8 nafar ishtirokchi bilan qatnashgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi vakillari 7 ta medalga ega chiqishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor boʻlishdi:

Oltin:

-57 kg: Pahlavon Ibrohimov
-60 kg Firuzjon Sadullayev

Kumush:

-46 kg: Bexruz Qurbonov
-52 kg: Ibrohim Giyasov
-60 kg: Sardor Saidakbarov
-70 kg: Muhammadsaid Gʻulomov

Bronza:

-50 kg: Shohjahon Qahhorov.

Murabbiylar: Shahzod Xidirov, Maʼrufjon Muzaffarov.

Hamyurtimiz Maʼruf Urdushev turnirda hakam sifatida ishladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Behruz Qurbonov musobaqaning eng yaxshi bokschisi sifatida eʼtirof etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid