platina.uz
Jamiyat

“Amalda ishlaydigan odil sudlov tizimini yaratish yoʻlida birlashsak, kuch boʻlamiz!” – Saida Mirziyoyeva

Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlariga xavfsizlik taʼminlanganligi maʼlum boʻldi. Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, “oshkoralik va fuqarolik jamiyatining ovozisiz ehtimol, atrofda boʻlayotgan voqelardan ojizlarcha bexabar boʻlib qolardik”.
“Amalda ishlaydigan odil sudlov tizimini yaratish yoʻlida birlashsak, kuch boʻlamiz!” – Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi shoʻʼba mudiri Saida Mirziyoyeva Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlarining xavfsizligi taʼminlanganini maʼlum qildi.

"Ularning xavfsizligi, ruhiy va jismoniy tiklanishi hozirda ustuvor masala. Shu bilan bir vaqtda bu kabi vaziyatlarda harakat qilish va, eng asosiysi, ularning oldini olish tizimini yaratish ustida ishlashimiz kerak. Qonunlarni qatʼiylashtirish va zoʻravonlikka mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi. Barcha darajalarda.

Bu vaziyatda menga umid bagʻishlaydigan birdan-bir jihat borki, u ham boʻlsa oshkoralik va fuqarolik jamiyatining ovozi. Ehtimol, busiz atrofda boʻlayotgan voqealardan ojizlarcha bexabar boʻlib qolardik.

Zoʻravonlik doim boʻlgan, lekin aynan hozir ochiqlik tufayli ushbu hodisa haqida baland ovoz bilan gapiryapmiz va bunga qarshi kurashish uchun real resurslarimiz paydo boʻldi.

Oʻzbekiston soʻz va media erkinligi borasida zimmasiga olgan majburiyatlari, bu jarayon barcha uchun juda ogʻriqli kechayotgan boʻlsa-da, oʻz mevasini bermoqda. Tizim bir kunda barpo etilib qolmaydi, bu uzoq yoʻl va manfaatlar kurashidir. Va bugun muammolarni erkin koʻtarayotgan ovoz har qachongidan ham baland yangramoqda.

Befarq boʻlmay, bu keys yuzasidan fuqarolik pozitsiyasini bildirgan barcha OAV va faollarga minnatdorlik bildiraman. Amalda ishlaydigan odil sudlov tizimini yaratish yoʻlida birlashsak, kuch boʻlamiz", - dedi Mirziyoyeva.

Avvalroq mazkur holat boʻyicha Adliya qilmishni qoralagan, Oliy SUD protest uchun shikoyati kiritilmaganni maʼlum qilgan, FVV esa allaqachon tizim xodimi qilmishni uchun xizmatdan chetlatilganni bildirgan. Saida Mirziyoyeva Bosh prokuratura alohida nazoratga olishini soʻragan, Komil Allamjonov esa pedofillarga kimyoviy kastraksiya jazosini qoʻllash taklif qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid