platina.uz
Jamiyat

“Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi nihoyatda xavotirlidir” – Saida MIRZIYoYeVA

Xorazmdagi oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi bilan jinsiy aloqada boʻlishga majburlab kelinganligi yuzasidan Saida Mirziyoyeva munosabat bildirdi.
“Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi  nihoyatda xavotirlidir”  –  Saida MIRZIYoYeVA

Xorazmdagi oilaviy mehribonlik uyi rahbari 3 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qizni 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi bilan jinsiy aloqada boʻlishga majburlab kelgan.

Ushbu holat yuzasidan Saida Mirziyoyeva munosabat bildirdi.

"Xorazmda yuz bergan fojia jamiyatda keskin muhokamalarga sabab boʻldi. Bu holat qonunchiligimizda jiddiy muammolar borligi va ushbu boʻshliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi esa nihoyatda xavotirlidir.

Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida eʼtibor qaratib, sinchiklab oʻrganishni va huquqiy baho berishni soʻrayman.

Biz mavjud qonunchilikni qayta koʻrib chiqib, takomillashtirish, turli “lazeyka”larni yopish, oilaviy zoʻravonlik boʻyicha qonunni qabul qilishni tezlashtirishimiz zarur. Mazkur qonun loyihasi ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan", deyiladi munosabatda.

Bu holatga Adliya vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirgandi.

Xorazm viloyati Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi sobiq boshligʻining Mehribonlik uyi voyaga yetmagan tarbiyalanuvchisi bilan bogʻliq ishi boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham oʻz munosabatini nihoyat bildirdi.

“Taʼkidlab oʻtish kerakki, oʻtgan yili tergov ishlari olib borilayotgan vaqtda ushbu xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Uning keyingi taqdiri bilan vakolatli organlar shugʻullangan"ligi maʼlum qilingan vazirlik munosabatida.

Shuningdek, Bolalar Ombudsmani Xorazm viloyatidagi oilaviy mehribonlik uyidagi jinsiy zoʻravonlikka uchragan voyaga yetmaganlar holatini oʻrganayotganini bildirdi.

Bolalar Ombudsmani bolalarga nisbatan qoʻllanadigan har qanday jinsiy jinoyatlarga ogʻir jazo turlarini qoʻllash kerak, degan pozitsiyada.

Bola huquqlari boʻyicha vakil holatni nazoratiga oldi va ishga oid barcha hujjatlarni oʻrganmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid