platina.uz
Jamiyat

Uch kunlik komadan hayotga qaytgan tikuvchi

U bugun tikuvchilik ortidan topmadim deganda 3 mln. soʻm daromad qiladi. Hatto boshqalarning ham daromad topishiga koʻmaklashyapti.

Bolalikdan chevarchilikka qiziqishi boʻlsa-da, ota-onasi oʻqituvchi boʻlishini xohlagan Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida yashovchi Dilnoza Muhammadaliyeva ichki xohish-istaklariga qarshi bora olmadi.
U qoʻli gul chevar. Bugun koʻplab shogirdlari eʼzozida boʻlgan qahramonimiz bundan 2 yil oldin avtohalokat sabab jiddiy jarohat olgan.
Uch kunlik komadan keyin oʻziga kelgach, uning qaysidir bir imkoniyati cheklansa-da, boshqa bir tarafdan omad eshiklari ochildi.
Dilnoza Muhammadaliyeva nafaqat oʻzi, balki singlisi, kelini va qizini ushbu kasbga oʻrgatgan.
"Baʼzi bir insonlarning jahli chiqmasin, ammo qishloq aholisi shaharliklarga qaraganda mehnatkash boʻladi" deydi tikuvchi ayol. Taqdir zarbalariga harakat va ishonch bilan qarshi chiqa olgan zamondoshimiz tikuvchilik ortidan topmadim deganda 3 mln. soʻm daromad qiladi. Hatto boshqalarning ham daromad topishiga koʻmaklashyapti.
Xastalanib oʻtgan kunlarini yodga olar ekan, bugunini eng yaxshi kuni, deb biladi yangiyoʻllik zamondoshimiz.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid