platina.uz
Jamiyat

Toshkent hokimi oʻzi imzolagan qarorni 4 kun oʻtib bekor qildi

Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umrzoqov yangi Konstitutsiya loyihasi targʻiboti uchun guruhlar tuzish haqida 27 mart kuni qaror imzolagandi. 31 martdagi qaror bilan ushbu hujjat bekor qilindi.
Toshkent hokimi oʻzi imzolagan qarorni 4 kun oʻtib bekor qildi

Bekor boʻlgan hujjatga koʻra, targʻibot guruhi tarkibida 1000 dan ortiq kishi, jumladan, oqsoqollar, oʻqituvchi, shifokor, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va boshqalar bor edi. Ularga 11 mingdan ziyod mahalla faollari yordam berishi kerak edi.

Shuningdek, guruhlar tarkibiga:

  • hokim maslahatchisi Akmal Roʻzitoyev;
  • Toshkent shahri tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Raxat Nabiyeva;
  • Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xotin-qizlar bilan ishlash va targʻibot guruhlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi Omila Aripova;
  • "Milliy tiklanish" partiyasi Toshkent shahri kengashi raisi Otabek Jiyanboyev;
  • xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi deputati Toshpoʻlat Matiboyev;
  • Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminov va boshqalar ham kiritilgandi.

Hujjatning bekor qilinish sababi hozircha nomaʼlum.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid