Oʻzbekistonda 1 apreldan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

Bugundan oʻzbekistonliklar hayotida nimalar oʻzgaradi?
Quyida 1 apreldan boshlab qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida maʼlumot beramiz.
- Pensiya va nafaqalar miqdori 7 %ga oshiriladi;
- Toshkentda jamoat transportidan foydalanish tariflari oʻzgaradi;
- Staji 25 yildan oshgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi;
- Pensiya oluvchilar metrodan bepul foydalanadi;
- Halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolariga biryoʻla beriladigan nafaqa miqdori harbiy xizmatchi maoshining 150 baravari miqdorida belgilanadi;
- Toshkent va Nukusda hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakat tezligi 60 kmgacha tushiriladi;
- Koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yangi bogʻchalar ochishga ruxsat etiladi;
- Litsey, texnikum pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari maktab oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi;
- Umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi;
- Paxta va gʻalla fermer xoʻjaliklariga ishchilari maoshidan toʻlangan daromad soligʻini qaytarish boshlanadi.