platina.uz
Jahon

Donald Tramp yana AQSh tarixiga kirishi kutilyapti

Donald Tramp AQShning sudda rasman ayblanadigan birinchi sobiq va amaldagi prezidentiga aylandi.
Donald Tramp yana AQSh tarixiga kirishi kutilyapti

Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hayʼati sobiq aktrisa Stormi Daniyelsga jim boʻlish uchun pul toʻlash ishining bir qismi sifatida AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatish uchun ovoz berdi.

Manhetten okrugi prokurori Alvin Braggning bayonotiga koʻra, prokurorlar Trampning advokati bilan bogʻlanib, uni tuman prokuraturasiga olib kelishga chaqirgan. The New York Times gazetasining yozishicha, yaqin kunlarda ayblov eʼlon qilinadi.

Amerikaning CNN va NBC telekanallari Tramp 4 aprel kuni sudga kelishi mumkinligini xabar qilmoqda.

Manhetten okrugi prokuraturasi sobiq prezidentga 2006 yilda Tramp bilan yaqin munosabatda boʻlganini daʼvo qilgan aktrisa Stormi Daniyelsga pul toʻlash sxemasidagi roli boʻyicha tergov oʻtkazmoqda. 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan biroz oldin Daniyels kelishuv doirasida Trampning advokatlaridan 130 ming dollar olgani aytiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid