Qashqadaryolik oʻquvchilar imtihonsiz talaba boʻlishi mumkin

Qashqadaryoda aprel-may oylarida 10 ta umumtaʼlim fanlari boʻyicha 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Viloyat hokimi olimpiadasi" oʻtkaziladi. Bu haqda viloyat hokimi Murotjon Azimov maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, aniq va tabiiy fanlar boʻyicha gʻolib oʻquvchilar Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz toʻgʻridan-toʻgʻri talabalikka qabul qilinadi.