Kichik korxonalar ikki oyda qancha soliq toʻlagani maʼlum qilindi

2023 yil yanvar-fevral oylarida 52 478 ta kichik biznes korxonasi tomonidan 1,8 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlangan.
Ularning jami tovar aylanmasi 17,3 trln soʻmni tashkil etgan, qoʻllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 760,8 mlrd soʻm.
19,3 mlrd soʻm soliq toʻlagan TOP-20 kichik korxonalar infografikada. Tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 7,6 mlrd soʻm;
- foyda soligʻi – 5,4 mlrd soʻm;
- aksiz soligʻi - 2,5 mlrd soʻm;
- JShODS - 1,5 mlrd soʻm;
- ijtimoiy soliq - 1,2 mlrd soʻm;
- boshqalar - 1,1 mlrd soʻm.
Shuningdek, 2023 yil yanvar-fevral oylarida 10 761 ta oʻrta tadbirkorlik subʼekti tomonidan 2,7 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Shundan 107,3 mlrd soʻmi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 377,5 mlrd soʻmni, qoʻllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.
TOP-20 oʻrta tadbirkorlik subʼektlari infografikada.
Ular tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 46,1 mlrd soʻm;
- aksiz soligʻi - 27,9 mlrd soʻm;
- foyda soligʻi – 21,3 mlrd soʻm;
- JShODS - 5,9 mlrd soʻm;
- ijtimoiy soliq - 4,3 mlrd soʻm;