platina.uz
Jamiyat

DXX Namanganda oltin quymalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻydi

Umumiy 1 kg. 535 gr. oltin qoʻymalarining noqonuniy savdosi fosh etilgan.
DXX Namanganda oltin quymalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida oltin quymalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.

Dastlab Andijon shahrida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan shaxs ogʻirligi 672 gr. boʻlgan bir boʻlak oltin quymasini Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1981 y.t. zargarga 40 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.

Soʻngra ushbu zargar buyurtmasiga koʻra, Olmaliq shahridan ogʻirligi 613 gr. boʻlgan bir boʻlak oltin quymasini olib ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1986 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina Chust tumanida toʻxtatilib, ashyoviy dalil protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi, 1991 y.t., muqaddam sudlangan shaxs Pop tumani hududida Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 1988 y.t. fuqaro bilan uchrashib, undan ogʻirligi 250 gr. boʻlgan 3 ta oltin quymasini sotib olgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 mlrd. 124 mln. soʻmlik, jami 1 kg 535 gr. oltin quymalari hamda 40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid