platina.uz
Jamiyat

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda – mutaxassislar

Maʼlumki, oʻtgan yil xonadonlar uchun ijara narxlari oʻsa boshlangan va oktabr oyiga kelib, oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqqan.
Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda – mutaxassislar

Mart oyi tahlillariga koʻra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari oʻtkazgan tahlil natijalari shuni koʻrsatgan.

Maʼlumki, oʻtgan yil xonadonlar uchun ijara narxlari oʻsa boshlangan va oktabr oyiga kelib, oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqqan, soʻngra pasaya boshlagandi. OLX.uz maʼlumotlar bazasiga koʻra, oʻshanda shahar boʻyicha oʻrtacha taʼmirlangan xonadon uchun ijara narxi 526 AQSh dollariga chiqqandi. Joriy yilning mart oyida ijara uchun oʻrtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2% pasaygan va 411 AQSh dollarini tashkil etgan.

Tahlil natijalariga koʻra, oʻrtacha taʼmirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi 340 dollardan (Sergeli) 460 dollargacha (Yakkasaroy) oʻzgargan holda Toshkent shahri uchun oʻrtacha 411 dollarni tashkil etgan. 3 xonali uylar uchun esa narxlar 380 dollardan (Sergeli) 600 dollargacha (Mirobod) oʻzgargan holda Toshkent shahri uchun oʻrtacha 480 AQSh dollarini tashkil etgan. Taʼmirlangan 1 xonali uy uchun oʻrtacha ijara narxi 320 dollarni, 4 xonali uy uchun 600 dollarni, 5 xonali uy uchun 660 dollarni tashkil etgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid