platina.uz
Jamiyat

Samarqandda AQShga yuborishini aytib, fuqarodan 4,5 ming dollar olgan firibgar ushlandi

U avval ham bu turdagi jinoyatlarni sodir etgani sabab sudlangani va ayni vaqtda jazo muddatini oʻtab kelayotgani aniqlangan.
Samarqandda AQShga yuborishini aytib, fuqarodan 4,5 ming dollar olgan firibgar ushlandi

Samarqandda fuqarolarni AQSh davlatiga yuborish bilan shugʻullanib kelgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2023 yil 28 mart kuni Samarqand shahar Azimbekova koʻchasida yashovchi 37 yoshli R.I. ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil sentabr oyida tanishi 39 yoshli X.A. fuqarolarni AQSh davlatiga yuborish bilan shugʻullanishini, ukasini ham AQShga yuborishini aytib ishontirib, Samarqand shahar Panjob mahallasida joylashgan “Xusen bobo” oshxonasi oldida jami 4.500 AQSh dollar pullarini qoʻlga kiritib, bergan vaʼdasini bajarish uchun ishlatmay, ularni oʻzining ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini bayon etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida X.A. avval ham bu turdagi jinoyatlarni sodir etkani uchun sudlangani va u ayni vaqtda jazo muddatini oʻtab kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid