Parkent qishloqlariga sel keldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati togʻ oldi hududlardan hisoblanadigan Parkent qishloqlariga sel kelmoqda” sarlavhasi ostida video tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, haqiqatdan ham bugun kunning ikkinchi yarmida Parkent tumanida kuchli boʻlmagan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kuzatilgan.
Shuningdek, ushbu tarqalgan videoda sel kelganligi aks etgan tasvirlar 2022 yilning 14 may kuni Parkent tumani “Nurobod” mahallasi Shaxay koʻchasida yuzaga kelgan.
"Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatning togʻ va togʻ oldi hududlar 7 ta nazorat kuzatuv postlari tashkil etilgan boʻlib, ular tomonidan doimiy nazorat oʻrnatilgan. Favqulodda vaziyatdar vazirligi barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz, notoʻgʻri xabarlarni tarqatmaslikni soʻrab qoladi", - deyiladi xabarda.