Osiyo Kubogi U-17ga qurʼa tashlandi — Oʻzbekiston Yaponiya bilan bir guruhda

Bangkok shahrida oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasining final oʻyinlariga qurʼa tashlash jarayoni boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra, Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari Yaponiya, Vetnam va Hindiston oʻsmirlari bilan bellashadigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Oʻzbekiston mezbonligidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqandi. Osiyo chempionlariga Prezident sovgʻasi avtomobil topshirilgandi.
Shuningdek, yoshlar terma jamoamiz Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida magʻlubiyatga uchragani haqida ham xabar bergandik.