Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda ayblanganlarning ayrimlari sud hukmiga protest kiritishdi

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan sudlanuvchilar D. Tadjimuratov, P. Shamshetov (marhum), S. Kalimov, S. Kaipov, A. Temirxanov, S. Medetov, N. Sultamuratov, A. Tokыmbetov, R. Bekmuratov, B. Seytniyazov, A. Adilbekov, P. Nurniyazov, N. Nayыpov, B. Kadirbergenov, D. Djiyemuratov, Q. Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan apellyatsiya shikoyati kiritilgan boʻlib, prokuratura tomonidan mazkur sud hukmining sudlanuvchilar L. Kallыxanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan protest keltirilgan.
Jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismi kiritilgan shikoyatlar va keltirilgan protestga asosan Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining jinoyat ishini koʻrib chiqishi sanasi va vaqti haqida qoʻshimcha maʼlum qilinadi.