platina.uz
Jamiyat

Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdorlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi – DXX

Ular davlatga 1 mlrd. 593 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazgan.
Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdorlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi – DXX

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi materiallari asosida viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi faoliyatida qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan, oʻrnatilgan tartib-qoidalarga zid ravishda ortiqcha sinflar shakllantirilishi, taʼtil, ish haqi va ustama pullar ortiqcha toʻlanishi, qurilish-taʼmirlash ishlarida qoʻshib yozish, umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi tovar-moddiy boyliklarda kamomadlar mavjudligi va boshqa holatlar natijasida davlatga 1 mlrd. 593 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 167 (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid