platina.uz
Jamiyat

Bilimi yuqori oʻqituvchilar aprel-dekabr oyida 5 mln soʻmdan ustama olishadi

5 mingdan ortiq nomzod oʻqituvchidan 1697 nafari vazir jamgʻarmasidan toʻliq ustama olish huquqiga ega boʻlishdi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi toʻliq roʻyxatni eʼlon qildi.
Bilimi yuqori oʻqituvchilar aprel-dekabr oyida 5 mln soʻmdan ustama olishadi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻzining oʻqitish uslubiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bir necha bosqichda oʻtkazilgan sinovlarda “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasi baholab borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5000 dan ortiq nomzoddan 1697 nafari Vazir jamgʻarmasidan toʻlanadigan ustama olish huquqiga ega boʻlishdi.

Mazkur oʻqituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023 yil aprel-dekabr oylari) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln soʻm) har oylik ustama olishadi.

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun oʻtkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari haqida vazirlik rasmiy axborot manbalari orqali xabar beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid