Andijonda subsidiyaning bahosi 3 600 AQSh dollarimi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazdi.
Unda fuqaro X.X. fuqarolar M.Ya. va M.M.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Andijon shahar, “Gumbaz” MFY hududida yangi qurilayotgan koʻp qavatli uy-joylardan 2 ta xonadon sotib olishlari uchun subsidiya ajratilishida yordam berishi evaziga 3 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.